Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor
24.04.2025 | 121

Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich
Namangan davlat pedagogika instituti
Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektorining
jismoniy shaxslarning va yuridik shaxslarning
vakillarini qabul qilish vaqti: Chorshanba soat 14:00dan 16:00 ga qadar
Qodirxonov Murodxon Rashidxonovich
|
|
Tamomlagan oliy ta’lim muassasasi
|
Toshkent davlat universiteti (O`zbekiston Milliy universiteti), 1994
|
Mutaxassisligi
|
Kimyo
|
Xorijiy davlatlarda malaka oshirganligi
|
Германия, Португалия, Полша, Латвия, Finlyandiya, Хитой, Малайзия, Belarus
|
Fan nomzodi /PhD/ disssertatsiyasi mavzusi
|
N-vinillaktam asosidagi sopolimerlarning molekulyar massaviy, konformasion tavsiflari va kompozision geterogenligi (1998)
|
Fan doktori /DSc/ dissertatsiyasi mavzusi
|
Ayrim polisaxaridlar va ular asosidagi polikomplekslarning fizik-kimyoviy xossalari (2024)
|
Ilmiy tadqiqot yo‘nalishi
|
Biopolimerlar va ular asosidagi nanokompozitsiyalar
|
Ilmiy rahbarligi
|
bakalavr (40), magistr (18), PhD (2), Dsc(1).
|
Nashr qilingan maqolalari
|
Jurnal /OAK-40, xorijiy-25.
Konferensiya /respublika-74, xalqaro-18
|
Ilmiy loyiha (grant) ishtiroki
|
- “Maxalliy xom-ashyo manbalaridagi polikomplekslarining molekulyar massaviy va konformasion tavsiflari hamda ularning tarkibi, tuzilishi va xossalariga ta’siri” Fundamental loyiha (2012-2016).
- Akvakultura boyicha o`quv-amaliy trenajer yaratish (Jahon banki, 2019-2022),
|
h indeksi
|
10
|
O‘quv fani
|
Yuqorimolekulyar birikmalar kimyosi, Fizik-kimyoviy tadqiqot usullari, Nanotehnologiya
|
O‘quv-uslubiy ishlari
|
darslik (1), o‘quv qo‘llanma (3), boshqa o‘quv adabiyotlari (3).
|
Jamoatchilik ishlaridagi faoliyati
|
Namangan viloyati Kengashi deputati
|
Telegramm akkaunti
|
@kodirkhonovmurodkhon
|
Rasmiy elektron pochtasi
|
e-mail: kodirkhonov@namspi.uz
|
Davlat mukofotlari
|
O`zbekiston Respublikasi “Oliy ta`lim a`lochisi”.
|
ILMIY ISHLAR VA INNOVASIYALAR BO’YICHA PROREKTORI LAVOZIM VAZIFALARI:
- institutda ilmiy izlanish ishlarini va ilmiy-pedagogik kadrlarni tayorlashni va innovatsion faoliyatni tashkil etish.
- institutda ilmiy izlanishning zamonaviy shakllarini, shu jumladan axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va ulardan samarali foydalanishni tashkil etish;
- institutning ilmiy muammolar xay’atlari va ilmiy innovatsion guruhlar faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish;
- institut bo‘yicha doktorantura va mustaqil izlanuvchilarning ilmiy ishlarini shakllantirish va nazorat qilish
- yuqori ilmiy saloxiyatga ega bo‘lgan professor-o‘qituvchilarning Ilmiy maktablarini tashkil etish
- institutda fan olimpiadalarini, ta’limning ustivor muammolariga bag‘ishlangan ilmiy – tematik seminarlar, ilmiy-amaliy konferensiyalarni tashkil qilish va o‘tkazish,
- respublika va xorijiy mamalakatlarda o‘tkaziladigan ilmiy-amaliy anjumanlarda institut vakillarining ishtirokini ta’minlash;
- O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy Attestatsiya komissiyasi, Intellektual mulk agentligi va Davlat patent idoralari bilan muntazam ravishda hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, institut ilmiy xodimlarining grantlar va xo‘jalik shartnomalari bilan ishlashiga uslubiy-amaliy yordam ko‘rsatish;
- professor-o‘qituvchilarning shaxsiy ish rejalarining ilmiy yo‘nalishi bo‘yicha faoliyatlarini bajarilishini ta’minlash va nazorat qilish;
institutda ilmiy nashr faoliyatini rivojlantirish.
- ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib borish ishlarini tashkil etish;
- iqtidorli yoshlarni izlash, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish, talabalar orasidan O’zbekiston Respublikasi Prezidenti stipendiyasi va boshqa nomli davlat stipendiyasi va boshqa nomdor stipendiyalar sovrindorlarini tayyorlash jarayoninida ishtirok etish;
- kafedralarning ilmiy ishlar yuzasidan yillik faoliyati hisobotlarini tahlil qilish va professor-o‘qituvchilarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini zamonaviy usullarda amalga oshirilishini ta’minlash;
- tayanch oliy ta’lim tashkilotlari, ilmiy-tadqiqot institut va markazlari bilan ilmiy-amaliy yo‘nalishlarda doimiy hamkorlikni amalga oshirish.
- Ilm-fan va ta`lim sohasida halqro ta`lim muassasalari bilan aloqa o`rnatish va rivojlantirish.