Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1002
Talabalar uchun psixologik trening tashkil etildi
15 октябр 2026
Yoshlar kuni munosabati bilan Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tyutori U. Odilova hamda institut psixologi N. Tojibayeva boshchiligida Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun psixologik trening tashkil etildi.
📌Treningning asosiy maqsadi talabalarning ruhiy salomatligini mustahkamlash, stress va turli salbiy hissiyotlarni boshqarish ko‘nikmalarini rivojlantirish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini oshirish hamda jamoada sog‘lom psixologik muhitni shakllantirishdan iborat bo‘ldi.
📌Mashg‘ulotlar davomida talabalar bilan turli psixologik mashqlar, qiziqarli interaktiv topshiriqlar va jamoaviy faoliyatlar olib borildi. Ushbu mashqlar orqali ishtirokchilarning o‘z fikrlarini erkin ifoda etishi, hissiyotlarini anglash va boshqarishi, muammoli vaziyatlarda to‘g‘ri qaror qabul qilishi hamda o‘zaro samarali muloqot qilish ko‘nikmalarini rivojlantirishga alohida e’tibor qaratildi.
📌Shuningdek, trening jarayonida o‘zaro hurmat, hamjihatlik, bir-birini tinglash va qo‘llab-quvvatlashning ahamiyati ta’kidlandi. Interaktiv mashg‘ulotlar talabalarning faol ishtirokini ta’minlab, ularda ijobiy kayfiyat va jamoaviy birdamlikni mustahkamlashga xizmat qildi.
📌Mazkur trening yoshlarning psixologik farovonligini qo‘llab-quvvatlash, ularning shaxsiy rivojlanishiga ko‘maklashish hamda ta’lim jarayonida sog‘lom ma’naviy-ruhiy muhitni qaror toptirishga qaratildi.