info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
4+2 amaliyoti

4+2 amaliyoti : Bo'lajak pedagoglar amaliyotda

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Filologiya kafedrasining yetakchi professor-o'qituvchilari — Payzibayeva Muazzam, Polatova Gulhayyo va Nizamova Zarifalardan iborat ishchi guruh Namangan shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lib, amaliyotchi talabalarning dars o'tish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar va tahlil qildilar

17 октябр 2026 4+2 amaliyoti 12 marta ko‘rilgan

 4+2 amaliyoti : Bo'lajak pedagoglar amaliyotda 

Joriy yilning 17-oktyabr kuni Filologiya kafedrasining yetakchi professor-o'qituvchilari — Payzibayeva Muazzam, Polatova Gulhayyo va Nizamova Zarifalardan iborat ishchi guruh Namangan shahridagi umumiy o'rta ta'lim maktablarida bo'lib, amaliyotchi talabalarning dars o'tish jarayonlarini yaqindan kuzatdilar va tahlil qildilar

Namangan shahrining 15-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida BU-24 guruhi talabasi Qayumova Dilnavozning dars jarayoni kuzatildi. Dars davomida talabaning zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol usullar va raqamli vositalardan foydalanish darajasi, sinf muhitini boshqarish ko'nikmalari hamda o'quvchilar bilan to'g'ri muloqot o'rnatish mahorati tahlil qilindi.

Shuningdek , Namangan shahrining 4-sonli umumiy o'rta ta'lim maktabida esa AU-24 guruhi talabasi Halimova Nigoraning dars mashg'ulotlari nazoratdan o'tkazildi. Talabaning mavzuni yoritishdagi yondashuvlari, darsni mantiqiy ketma-ketlikda tashkil etishi va pedagogik odob-axloq me'yorlariga rioya etishi o'rganildi.

 Har ikki ta'lim muassasasida o'tkazilgan ochiq darslar va kuzatuvlar yakunida kafedra professor-o'qituvchilari amaliyotchi talabalar bilan yakka tartibda suhbatlashdilar. Talabalarning dars jarayonidagi erishgan yutuqlari e'tirof etilib, yo'l qo'yilgan kichik kamchiliklar yuzasidan o'zlarining asosli metodik tavsiyalari va amaliy maslahatlarini berdilar. Bunday amaliy yordamlar bo'lajak mutaxassislarning kelgusidagi kasbiy faoliyatida muhim poydevor bo'lib xizmat qiladi.

 

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing