info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
4+2 amaliyoti

4+2 amaliyoti yuzasidan nazorat tahlili

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasidagi tegishli ko‘rsatmalarga asosan, Namangan davlat pedagogika institutining talabalari umumta’lim maktablariga biriktirilgan va ularning faoliyatlari yuzasidan nazorat tahlili o'tkazildi .

17 октябр 2026 4+2 amaliyoti 11 marta ko‘rilgan

 4+2 amaliyoti yuzasidan nazorat tahlili 

O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi o‘rtasidagi tegishli ko‘rsatmalarga asosan, Namangan davlat pedagogika institutining talabalari umumta’lim maktablariga biriktirilgan va ularning faoliyatlari yuzasidan nazorat tahlili o'tkazildi . 
 

Intellektual fanlar va axborot texnologiyasi kafedrasi professor-o’qituvchilari A.Sayfitdinov, J.Muxitdinovalar Texnologik ta’lim talabalarning amaliyot joylariga o‘z vaqtida va to‘liq qatnashayotgani, dars hamda to‘garak jarayonlarida faolligi, hujjattashtirish holati va maktab rahbariyati, biriktirilgan ustozlar bilan hamkorligini o‘rganish va baholash maqsadida Namangan shahar 40-sonli umumiy o’rta ta’lim maktabiga tashrif buyurishdi. 
 

Tashrif davomida kafedra ustozlari ushbu maktab direktori, biriktirilgan o’qituvchilari bilan tanishib, biriktirilgan talabalar haqaida ma’lumot oldilar.

Talabalarning dars va to‘garak jarayonlaridagi ishtiroki hamda ularning pedagogik mahoratini oshirish borasidagi amaliy ishlari bevosita kuzatildi. Darslarni zamonaviy pedagogik texnologiyalar asosida tashkil etish, o‘quvchilar bilan muloqot qilish madaniyati va metodik tayyorgarligi bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi. Shuningdek, maktab rahbariyati va tajribali ustozlar talabalarning intizomi, kasbiy ko‘nikmalarni egallab borishi hamda mas’uliyatini ijobiy baholadilar.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing