info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yig'ilishlar

Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil 18-oktabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil 18-oktabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari ishtirok etdi.

19 октябр 2026 Yig'ilishlar 35 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil 18-oktabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi.

Namangan davlat pedagogika institutida 2026-yil 18-oktabr kuni sodir bo‘lgan yong‘in holati yuzasidan muhokama yig‘ilishi o‘tkazildi. Unda institut rahbariyati, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi mas’ullari hamda tegishli tarkibiy bo‘linmalar vakillari ishtirok etdi.

Yig‘ilishni institut rektori Bahodir Xusanov kirish so‘zi bilan ochib, yuzaga kelgan holatga jiddiy yondashish, uning kelib chiqish sabablarini atroflicha o‘rganish hamda kelgusida bu kabi favqulodda vaziyatlarning takrorlanishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish muhimligini ta’kidladi.

Shuningdek, ta’lim muassasasida yong‘in xavfsizligini ta’minlash, mavjud moddiy-texnik vositalarning sozligini muntazam nazorat qilish, mas’ul xodimlarning javobgarligini oshirish hamda professor-o‘qituvchilar va talabalar o‘rtasida profilaktik tushuntirish ishlarini kuchaytirish zarurligiga e’tibor qaratildi.

Yig‘ilish davomida Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘i, podpolkovnik Elyor Axmadaliyev so‘zga chiqib, yong‘in xavfsizligi talablariga qat’iy rioya etish, favqulodda vaziyatlarning oldini olish va bunday holatlarda to‘g‘ri harakatlanish tartiblari yuzasidan atroflicha tushuntirishlar berdi.

Xususan, elektr jihozlaridan foydalanish, elektr tarmoqlarining texnik holatini nazorat qilish, yong‘inga qarshi birlamchi vositalarning doimiy shayligini ta’minlash hamda xavfsizlik qoidalariga befarq munosabatda bo‘lmaslik masalalariga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Bundan tashqari, talabalarning nafaqat o‘quv binolarida, balki talabalar turar joylari va ijara xonadonlarida ham xavfsiz yashash sharoitlarini ta’minlash muhimligi qayd etildi. Bu borada mas’ul xodimlar tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan manzillarda yong‘in xavfsizligi holatini muntazam o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etish hamda profilaktik nazorat tadbirlarini kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Shuningdek, Namangan viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari Tursinali Jurayev tomonidan yong‘in xavfsizligini ta’minlashga doir amaldagi talablar, favqulodda holatlarning oldini olish mexanizmlari va mas’ul shaxslarning vazifalari yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.

Jumladan, binolardagi evakuatsiya yo‘laklarining doimiy ochiq va foydalanishga yaroqli bo‘lishi, yong‘indan ogohlantirish tizimlari hamda o‘t o‘chirish vositalarining sozligini tekshirib borish, favqulodda vaziyatlarda xodimlar va talabalarning tezkor hamda tartibli harakatlanishini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratildi.

Muhokamada inson hayoti va salomatligi xavfsizligini ta’minlash ustuvor vazifa ekani, bu borada har bir rahbar, mas’ul xodim, professor-o‘qituvchi va talaba shaxsiy mas’uliyat bilan yondashishi lozimligi alohida ta’kidlandi.

Yig‘ilish yakunida institutning barcha o‘quv binolari, talabalar turar joylari va talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlarida yong‘in xavfsizligi talablariga rioya etilishi ustidan nazoratni kuchaytirish, profilaktik tadbirlarni tizimli tashkil etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli vazifalar belgilandi.

Manbaa: http://www.namspi.uz

Maqolani ulashing
MADINABONU OLIMJONOVA
Maqola muallifi

MADINABONU OLIMJONOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing