Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1069
NAMANGAN DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “KITOBXON TALABA” TANLOVI O‘TKAZILDI
22 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika institutida talaba-yoshlarning kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, badiiy adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirish hamda milliy adabiyotimizning buyuk namoyandalari ijodini keng targ‘ib etish maqsadida Abdulhamid Cho‘lpon asarlari asosida “Kitobxon talaba” tanlovi tashkil etildi.
Tanlov Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha tyutorlar M. Umarova, A. Bo‘stonov va I. Shavdorov tomonidan o‘tkazildi.
Tanlov davomida talabalar Cho‘lponning hayoti va ijodi, boy adabiy merosi hamda asarlari yuzasidan o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon etdilar. Ishtirokchilar o‘zaro bellashib, mutolaa madaniyati, mustaqil fikrlash va adabiy bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar.
Bunday ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga muhabbat uyg‘otish, buyuk ajdodlarimiz merosini o‘rganish va kitobxonlikni keng targ‘ib etishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Kitob — tafakkur manbai, mutolaa esa kamolot kalitidir!