Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/848
“BESH TASHABBUS OLIMPIADASI”: Yengil Atletika
02 октябр 2026
“Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida 2026-yil Ijtimoiy fanlar fakulteti talaba-yoshlari o‘rtasida yengil atletika sport turi bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.
Musobaqada fakultetning faol va sportga qiziqishi yuqori bo‘lgan talaba-yoshlari ishtirok etib, yengil atletikaning turli yo‘nalishlarida o‘zaro bellashdilar.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda ishtirokchilar o‘zlarining tezkorligi, chaqqonligi, chidamliligi va jismoniy tayyorgarligini namoyon etdilar.
Musobaqa yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga xizmat qildi.
💪 Sport — sog‘lom hayot va yuksak marralar sari dadil qadam!