Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/970
Yoş bolaga nisbatan zöravonlikka aslo toqat qilib bölmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bölişi şart. Özbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga özgartirişlar kiritişni nazarda tutuvçi qonunni imzoladi.
14 октябр 2026
Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bölsin, xoh yaqin qarindoşi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning ölimiga sabab bölgan jinoyatlar uçun berilgan jazo aslo yengillaştirilmaydi.
Bundan buyon 14 yoşga tölmagan bolaga nisbatan jinsiy zöravonlik sodir etgan şaxslarga 25 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday oğir jinoyatlar böyiça javobgarlikka tortiş muddatida çeklov bölmaydi.
Yoş bolaning xavfsizligi şart-şaroit yoki vaziyatlarga boğliq bölişi mumkin emas. Bolalar hayoti, soğliği, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qoçib qutula olmasligini bilişi şart.