Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/973
Namangan davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etdilar
15 октябр 2026
Namangan davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim innovatsiyalari kafedrasi professor-o‘qituvchilari xalqaro malaka oshirish kursida ishtirok etib, kasbiy bilim va pedagogik mahoratlarini oshirdilar.
Mazkur o‘quv kursi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston Milliy universiteti Malaka oshirish va qo‘shimcha ta’lim instituti tomonidan Almati shahrida tashkil etildi. Gibrid formatda, ya’ni onlayn va oflayn shakllarda o‘tkazilgan dastur jami 36 akademik soatni qamrab oldi.
Xalqaro malaka oshirish kursida kafedraning quyidagi professor-o‘qituvchilari faol ishtirok etdilar:
- Xusanova Feruza Zoxidjonovna;
- Muminova Dilafro‘z Akbaralievna;
- Turaboeva Muqaddas Yoqubjanovna;
- Alimqulova Ra’noxon Gulmirzaevna;
- Abduraxmonova Gulasal Ravshanovna.
Kurs davomida ishtirokchilar boshlang‘ich ta’limda zamonaviy pedagogik texnologiyalar, innovatsion o‘qitish metodikalari hamda xalqaro ta’lim tajribalari bilan yaqindan tanishib, o‘zlarining kasbiy bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirdilar.
O‘quv dasturini muvaffaqiyatli yakunlagan professor-o‘qituvchilarga xalqaro sertifikatlar topshirildi.
Ushbu malaka oshirish kursi pedagoglarning kasbiy salohiyatini yuksaltirish, ilg‘or xorijiy tajribalarni ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda boshlang‘ich ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qiladi.