Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/997
YOSHLAR KUNI: SPORT — SOG‘LOM HAYOT GAROVI
15 октябр 2026
YOSHLAR KUNI: SPORT — SOG‘LOM HAYOT GAROVI
Namangan davlat pedagogika instituti Aniq va tabiiy fanlar fakulteti tyutori J. Botirov tomonidan talaba-yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda ularning sportga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Besh muhim tashabbus doirasida mini-futbol to‘garagi tashkil etildi.
Yoshlar kuni doirasida talabalar turar joyida tashkil etilgan mashg‘ulotlarda talaba-yoshlar faol ishtirok etib, sport bilan muntazam shug‘ullanish, jamoaviylik va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish imkoniyatiga ega bo‘lmoqda.
Mazkur tashabbus yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish, ularni sportga keng jalb etish hamda sog‘lom turmush tarzini qaror toptirishga xizmat qiladi.