AQShdan ingliz tili loyihasi
23.09.2024 10:06:40 8
Fulbright English Teaching Assistants (ETA) dasturi Fulbright dasturining bir qismi hisoblanib, AQSh bilan boshqa mamlakatlar o'rtasida o‘zaro muloqotni rivojlantirish maqsadida ta’lim va madaniy almashuvni amalga oshirishga qaratilgan. ETA’lar AQSh fuqarolari bo‘lib, turli mamlakatlarda ingliz tilini o‘qitishda yordam berish va madaniy almashuvni rag‘batlantirish maqsadida sinflarda o‘qituvchilar bilan birgalikda dars jarayonlarini amalga oshiradilar. Hozirda Institut tomonidan ushbu dasturdan foydalanish uchun ariza yuborilgan.