Aniq va tabiiy fanlar fakulteti
23.02.2026 | 13
Abdullaev Toʻlqinali Usmonovich
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti dekani Fizika- matematika fanlari nomzodi, dotsent,
Qabul vaqti: dushanba, payshanba soat 9:00-12:00
Telefon: 90 642 72 02
ANIQ VA TABIIY FANLAR FAKULTETI DEKANI LAVOZIM VAZIFASI:
Oʻzbekiston Respublikasi Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qaror va farmonlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining taʼlim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirish boʻyicha tashkiliy ishlarni amalga oshirish;
- fakultetda o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy va ilmiy-uslubiy ishlarga bevosita rahbarlik qiladi;
- fakultetdagi mavjud bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha zarur normativ-huquqiy xujjatlarni ishlab chiqishni tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasi va fakultet Kengashi qarorlarining bajarilishini nazorat qiladi;
- fakultet boshqaruv kadrlari zaxirasini yaratish, tayyorlash va o‘qitishni amalga oshiradi;
- kasbiy etikani shakllantirish masalalariga kengroq e’tibor beradi, adolatli, fidoyi, vatanparvar va e’tiqodli yosh kadrlarni tayyorlashni ta’minlaydi;
- o‘quv-tarbiyaviy jarayoni hamda talabalarning bitiruv malakaviy ishi, magistrlik dissertatsiyasi himoyasi va malakaviy amaliyotlari ustidan nazoratni amalga oshiradi;
- o‘quv mashg‘ulotlari jadvalini tuzishga rahbarlik qiladi, uning bajarilishini nazorat qiladi, talabalar davomati uchun ma’sul hisoblandi;
- talabalarning mustaqil ishi, shuningdek ularning bilimini reyting tizimi asosida baholash ustidan nazoratni tashkil etadi;
- talabalarni kursdan-kursga o‘tkazish, talabalar safidan chetlatish, davlat attestatsiyasiga va bitiruv malakaviy ishlarini himoya qilishga kiritish, akademik ta’til berish va stipendiya tayinlash to‘g‘risidagi buyruq loyihalarini tayyorlaydi, fakultetda xorijiy talabalar mavjud bo‘lgan hollarda, ular bilan ishlashni ta’lim muassasasining xalqaro bo‘limi bilan kelishilgan holda amalga oshiradi;
- talabalar ilmiy-ijodiy faoliyatini tizimli asosda tashkil etadi, iqtidorli talabalarni aniqlaydi, ularni tadqiqotlarga jalb etadi, ilmiy-tadqiqot ishlarini individual va jamoa bo‘lib bajarishga o‘rgatadi, ularning ilmiy-ijodiy faoliyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur tashkiliy, uslubiy va moddiy-texnikaviy shart-sharoitlar yaratadi;
- iqtidorli talabalarni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti davlat stipendiyasi, nomli stipendiyalar, “Iste’dod” jamg‘armalari, fanlar bo‘yicha o‘tkaziladigan olimpiadalar va boshqa tanlovlarda ishtirok etishga tayyorlash bilan bog‘liq bo‘lgan tadbirlarni tashkil etadi;
- professor-o‘qituvchilar malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo‘yicha ishlarni muvofiqlashtiradi, alohida o‘rnak ko‘rsatganlarni turli tanlovlarda ishtirok etishlari uchun tavsiya etadi;
- fakultet tarkibiga kiruvchi kafedralarning fanlari bo‘yicha, shu jumladan xorijiy olimlar bilan hamkorlikda, darslik, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalarni tayyorlashga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi, ingliz tilini o‘rganish va komyuter savodxonligi bo‘yicha mashg‘ulotlar tashkil etadi;
- “Yilning eng yaxshi fakulteti” uchun o‘tkaziladigan ko‘rik-tanlovda fakultet ishtirokini tashkil etadi;
- fakultet Kengashiga rahbarlik qiladi, kafedralararo yig‘ilishlar, ilmiy-uslubiy konferensiyalarni (shu jumladan, xorijiy mutaxassislar ishtirokida) tashkil etadi;
- oliy ta’lim muassasasining marketing xizmati va talabalar amaliyoti bo’limi bilan hamkorlikda korxona va muassasalarning fakultet chiqarayotgan malakali mutaxassislarga bo‘lgan extiyojini o‘rganadi, fakultetni tamomlaganlar bilan aloqa o‘rnatadi, ularning amaliy ishlari sifatini tahlil qiladi;
- pedagogik kadrlar, talabalar va ilmiy axborotlar bilan o‘zaro almashish maqsadida boshqa ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini o‘rnatadi;
- ta’lim xizmatlarini tashkil etish va amalga oshirishga javob beradi, byujetdan tashqari mablag‘larni topish va ulardan o‘quv maqsadlarida foydalanishni amalga oshiradi;
- fakultet ixtisosligi bo‘yicha oliy ma’lumotli mutaxassislarning malaka oshirishini tashkil etdi;
- ta’lim mazmunini mamlakatimiz ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti istiqbollari, jamiyat ehtiyojlari, fan, madaniyat, texnika va texnologiyalarning zamonaviy yutuqlarini e’tiborga olgan holda ishlab chiqilgan davlat ta’lim standartlari asosida shakllantiradi;
- ta’lim tizimida kadrlar tayyorlash sifatida ta’sir ko‘rsatadigan asosiy omillardan biri bo‘lgan axborot-resurs manba’lari bazasini kengaytirish choralarini ko‘radi;
- ta’limni rivojlantirish bo‘yicha ustuvor ilmiy-tadqiqotlarni rivojlantiradi va istiqbol rejalarini tuzadi;
- talabalar turar joylarida ma’naviy-ma’rifiy ishlarga rahbarlik qiladi, yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va hamda foydali mehnat bilan shug‘ullanishlarini ta’minlashga yo‘naltirilgan tadbirlar tashkil etadi, talabalarni xar xil norasmiy oqimlarga qo‘shilib qolishlarining oldini oladi;
- talabalar orasida o‘quv intizomini yaxshilash, ular faolligini oshirishga qaratilgan tadbirlarni amaliyotga tadbiq qiladi;
- fakultet jamoasi va talabalari orasidagi rasmiy va norasmiy munosabatlarda o‘zaro ishonch va hurmat, samimiylik hamda mehr-oqibat tuyg‘ularini shakllantiradi;
- o‘quv-tarbiya tizimiga yangi axborot texnologiyalarini joriy etilishini nazorat qiladi;
- fakultet ilmiy-uslubiy Kengashi qoshida ustozlar tajribasini o‘rganish, yangi pedagogik texnologiyalarni joriy qilish va malaka oshirib kelgan professor-o‘qituvchilarning hisobotlarini muhokama qilish bo‘yicha seminarlar tashkil etadi.