info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Yig'ilishlar

Kibergigiyena va kibermadaniyat — raqamli xavfsizlik asosi

🏛 Namangan davlat pedagogika institutida Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan Yoshlar kuni doirasida birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida Namangan viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor O.Jalolov, boshqarmaning muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, podpolkovnik D.Mahkamov hamda B.Asadullayev ishtirokida “Kibergigiyena va kibermadaniyat rivojlanishida asosiy omillar” mavzusida umumprofilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

15 октябр 2026 Yig'ilishlar 20 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika institutida Kreativ pedagogika va psixologiya kafedrasi tashabbusi bilan Yoshlar kuni doirasida birinchi prorektor A.Isoqboyev boshchiligida Namangan viloyati IIB Kiberjinoyatlarga qarshi kurashish boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, mayor O.Jalolov, boshqarmaning muhim topshiriqlar bo‘yicha inspektori, podpolkovnik D.Mahkamov hamda B.Asadullayev ishtirokida “Kibergigiyena va kibermadaniyat rivojlanishida asosiy omillar” mavzusida umumprofilaktik davra suhbati o‘tkazildi.

➖Tadbir davomida talabalarga internet tarmog‘idan xavfsiz foydalanish, shaxsiy ma’lumotlarni himoya qilish, ijtimoiy tarmoqlarda hushyor bo‘lish hamda kiberfiribgarlik holatlaridan saqlanish bo‘yicha tushunchalar berildi.

➖Shuningdek, so‘nggi paytlarda uchrashi mumkin bo‘lgan internet firibgarligi usullari, shubhali havolalar va noma’lum manbalardan kelgan xabarlarga ishonmaslik, bank kartalari ma’lumotlari hamda maxfiy kodlarni begonalarga oshkor qilmaslik masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

➖Tadbir davomida talabalarga “Qo‘riqchi” APK ilovasida ikki bosqichli himoya tizimini yoqish va undan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirishlar berilib, tizimni faollashtirish yuzasidan amaliy yordam ko‘rsatildi. Shuningdek, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga mutaxassislar tomonidan batafsil javoblar berildi.

➖Davra suhbati talabalarning raqamli savodxonligini oshirish, kibermadaniyatni shakllantirish va kiberjinoyatlarning oldini olish borasidagi bilimlarini mustahkamlashga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing