info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar 4+2 amaliyoti

Bo‘lajak maxsus pedagoglarning amaliy ko‘nikma va kasbiy kompetensiyalari o‘rganildi

Namangan davlat pedagogika instituti “Kreativ pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari Abdulxamidova Gulnoza va Mirzaraximova Zilola tomonidan “4+2” amaliyot tizimi doirasida bo‘lajak maxsus pedagoglarning amaliy tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

16 октябр 2026 4+2 amaliyoti 7 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti “Kreativ pedagogika va psixologiya” kafedrasi o‘qituvchilari Abdulxamidova Gulnoza va Mirzaraximova Zilola tomonidan “4+2” amaliyot tizimi doirasida bo‘lajak maxsus pedagoglarning amaliy tayyorgarlik darajasi o‘rganildi.

Mazkur jarayon doirasida Namangan shahridagi 49-sonli alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida tahsil olayotgan bolalar bilan ishlash jarayonida talabalarning amaliy faoliyati, kasbiy kompetensiyalari hamda egallagan bilimlarini amaliyotda qo‘llash ko‘nikmalari monitoring qilindi.

O‘rganish davomida talabalarning kasbiy tayyorgarligi tahlil qilinib, ularning amaliy ko‘nikmalarini yanada rivojlantirish, kasbiy mahoratini oshirish hamda ta’lim jarayonining samaradorligini ta’minlashga qaratilgan tegishli metodik tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bunday monitoring ishlari bo‘lajak maxsus pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini mustahkamlash, nazariy bilimlarini amaliy tajriba bilan boyitish hamda kelgusida ta’lim jarayonini samarali tashkil etishga tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi.

Manbaa: https://t.me/namspii

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing