Namangan davlat pedagogika instituti
Manbaa: https://namspi.uz/uz/1042
ILG'OR PEDAGOGIK TAJRIBA VA SAMARALI HAMKORLIK: BINAR DARS TASHKIL ETILDI.
20 октябр 2026
2026-yil 20-oktyabr kuni Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakultetida “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2026” tanlovi g‘olibi Nafisa Abdujalilova hamda Filologiya kafedrasi mudiri Rayxona Tillayeva hamkorligida “O‘zbek adabiyotini o‘qitish metodikasi” fanidan "Sun'iy intellektning adabiyot o'qitishdagi ahamiyati" mavzusida binar dars tashkil etildi.
Mazkur mashg‘ulot ta’lim jarayoniga ilg‘or pedagogik tajribalarni tatbiq etish, fanlararo integratsiyani kuchaytirish hamda bo‘lajak pedagoglarning kasbiy-metodik kompetensiyalarini rivojlantirishga qaratildi.
Dars davomida o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitishning zamonaviy metodlari, samarali pedagogik yondashuvlar, interfaol ta’lim usullaridan foydalanish va talabalarda mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Mashg‘ulotda nazariy bilimlarni amaliy faoliyat bilan uyg‘unlashtirish, ta’lim jarayonida o‘qituvchining metodik mahorati va ijodiy yondashuvining ahamiyati atroflicha yoritildi.
Dars jarayonida Nafisa Abdujalilovaning “Yilning eng yaxshi fan o‘qituvchisi — 2026” tanlovidagi muvaffaqiyati va ilg‘or pedagogik tajribasi alohida e’tirof etildi. Ishtirokchilar o‘rtasida ta’lim sifatini oshirish, samarali dars tashkil etish, zamonaviy metodik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq qilish yuzasidan fikr va tajriba almashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelajakdagi pedagogik faoliyatlari uchun zarur tavsiya va metodik ko‘rsatmalarga ega bo‘ldilar.
Dars so'ngida Nafisa Abdujalilovaga institut rahbariyati tomonidan Tashakkurnoma va esdalik sovg'a taqdim etildi.