info@namspi.uz +998 69 211-10-97
UZA.UZ yangiliklari
Manba: O‘zbekiston Milliy axborot agentligi
Yangiliklar Yig'ilishlar

MILLIY QADRIYATLAR — MILLAT MA’NAVIYATINING POYDEVORI

Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A. Isoqboyev boshchiligida talaba-yoshlarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglatish, ularda milliy o‘zlik va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

13 октябр 2026 Yig'ilishlar 17 marta ko‘rilgan

Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A. Isoqboyev boshchiligida talaba-yoshlarga milliy qadriyatlarimizning mazmun-mohiyatini chuqurroq anglatish, ularda milliy o‘zlik va Vatanga daxldorlik tuyg‘ularini mustahkamlash, ajdodlardan meros bo‘lib kelayotgan urf-odat va an’analarimizga hurmat ruhini shakllantirish maqsadida “Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni” mavzusida ma’rifiy uchrashuv tashkil etildi.

➡️Tadbirda institutning Ijtimoiy-ma’naviy muhitni barqarorlashtirish masalalari bo‘yicha rektor maslahatchisi M.Xodjayev,  Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, falsafa fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) B. Tillayev hamda Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva ishtirok etib, milliy qadriyatlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, yoshlar tarbiyasidagi ahamiyati va milliy ma’naviyatni yuksaltirishdagi roli haqida fikr-mulohazalar bildirdilar.

➡️Uchrashuv davomida xalqimizning asrlar davomida shakllangan boy ma’naviy merosi, urf-odat va an’analari, milliy qadriyatlarining bugungi kundagi ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Ajdodlarimizdan meros bo‘lib kelayotgan qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni mazmunan boyitib, yosh avlodga yetkazish har bir insonning ma’naviy burchi ekani ta’kidlandi.

➡️Shuningdek, milliy qadriyatlarning oila, mahalla va jamiyat hayotidagi o‘rni, ularning yoshlarni vatanparvarlik, insonparvarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, mehr-oqibat va o‘zaro hamjihatlik ruhida tarbiyalashdagi ahamiyatiga e’tibor qaratildi.

➡️Globallashuv va axborot oqimi kuchayib borayotgan bugungi sharoitda yoshlarning milliy o‘zligini anglab yetishi, tarixiy va ma’naviy merosimizga hurmat bilan munosabatda bo‘lishi, turli yot g‘oyalarga nisbatan mustaqil va tanqidiy fikr yurita olishi muhimligi qayd etildi. Shu bilan birga, milliy qadriyatlarni faqat bilish emas, balki ularni kundalik hayot va xulq-atvorda namoyon etish zarurligi ta’kidlandi.

➡️Ma’rifiy uchrashuv davomida talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, milliy qadriyatlar, ma’naviy meros va yoshlar tarbiyasiga oid fikr-mulohazalarini bildirdilar. Ochiq muloqot tarzida o‘tgan uchrashuv talabalarning mavzu bo‘yicha bilim va qarashlarini yanada boyitishga xizmat qildi.

Manbaa: https://t.me/namdpi_prorektor_minbari

Maqolani ulashing
SHAXZODA IBRAGIMOVA
Maqola muallifi

SHAXZODA IBRAGIMOVA

Xato topdingizmi? Matnni belgilang va Ctrl + Enter bosing