"Navroʻz — qadriyatlar beshigi"
18.03.2025 16:03:39 35
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari "Navroʻz — qadriyatlar beshigi" haftaligi doirasida talabalarni vatanparvarlik, Vatanga sadoqat ruhida tarbiyalash, yurtimizdagi tarixiy yodgorliklarni va shaxslarni o’rganish, ichki turizmni rivojlantirish maqsadida Tarix yoʻnalishi 1- bosqich talabalari bilan Namangan shahrida joylashgan O'n bir-Ahmad” majmuasini ziyorat qilishdi.

Ziyorat davomida majmuaning tarixi, nomi bilan bogʻliq maʼlumotlarga ega bo’lishdi.
Inshootning betakror naqshinkor, o’ymakorlik san’ati bilan naqadar go’zal bezatilganini guvohi bo’ldilar.
Majmuani ko’rib talabalar mana shunday ziyoratgohlar bilan koʻproq tanishish va ular haqida maʼlumot olish istagini bildirishdi.