IJARA XONADONLARGA TASHRIF
12.12.2025 08:55:47 2
Pedagogika fakulteti dekani Z.Abdullayev boshchiligida fakultet professor-o'qituvchilari tomonidan talabalar istiqomat qilayotgan ijara xonadonlariga tashrif buyurildi.
Tashrif davomida xonadondagi talabalarga yaratilgan sharoitlar, dars hamda ovqat tayyorlashlari uchun yaratilgan sharoitlar,shuningdek,qishki mavsumda xonalarni isitilishi bilan yaqindan tanishishdi.
Tabiiy gaz va elektr energiyasidan foydalanish boʻyicha yoʻriqnoma berildi. Bo'sh vaqtlarini mazmunli o’tkazish maqsadida badiiy kitoblar mutolaa qilish bo'yicha ko'rsatmalar berildi.