English English English

Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi

  11.04.2026 11:07:11    7


Namangan davlat pedagogika instituti rektori B.E.Xusanov hamda institut Akademik litseyi o‘quvchilari ishtirokida “Yoshlar kuni” doirasida ochiq muloqot tashkil etildi.


Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi


Uchrashuv davomida o‘quvchilarning kelajakdagi maqsadlari, hayotiy rejalari, ta’lim olish jarayoni hamda kasb tanlash borasidagi qarashlari yuzasidan fikr almashildi. Shuningdek, ular tomonidan turli savollar, taklif va tashabbuslar bildirilib, yoshlarni qiynayotgan ayrim masalalar yuzasidan ochiq muloqot olib borildi.

Muloqot jarayonida rektor yoshlarning intilishi, izlanishi va tashabbuskorligi har doim qo‘llab-quvvatlanishini ta’kidlab, bugungi kunda zamonaviy bilim va ko‘nikmalarga ega, mustaqil fikrlaydigan yoshlar jamiyat taraqqiyotida muhim o‘rin tutishini qayd etdi. Shuningdek, o‘quvchilarga oldilariga aniq maqsad qo‘yish, vaqtdan unumli foydalanish va ta’limga mas’uliyat bilan yondashish borasida tavsiyalar berildi.

Uchrashuv samimiy va ochiq ruhda o‘tib, o‘quvchilarning fikr-mulohazalari tinglandi hamda ular tomonidan ilgari surilgan tashabbus va takliflarga rektor tomonidan munosabat bildirildi.

Mazkur uchrashuv yoshlar bilan ochiq muloqotni mustahkamlash, ularning orzu-intilishlarini qo‘llab-quvvatlash hamda kelajak rejalari yuzasidan fikr almashish uchun muhim maydon bo‘lib xizmat qildi.

 

Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi Yoshlar kuni doirasida rektor va yoshlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi