"Men ham kitob hadya qilaman" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
26.11.2024 09:27:40 4
Namangan davlat pedagogika instituti axborot resurs markazida Ijtimoiy fanlar fakulteti Oʻzbek tili va adabiyoti kafedrasi katta oʻqituvchisi D.Pardaboyeva tomonidan talaba-yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, axborot resurs markazini kitoblar bilan boyitish maqsadida "Men ham kitob hadya qilaman" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbatida kafedra mudiri R.Tillayeva ishtirok etib, kitobning yoshlar hayotidagi ahamiyati, inson kamolotida tutgan oʻrni haqida fikr-mulohazalarini bildirib oʻtdi.
Tadbir soʻnggida oʻqituvchi va talabalar tomonidan taqdim etilgan kitoblar axborot resurs markaziga tuhfa qilindi.
Siz ham ushbu chellenjda ishtirok etib, ziyo ulashishda koʻmaklashing!