“Kitoblar ulashamiz” chellenji davom etmoqda
04.02.2025 09:00:15 33

4-fevral kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Kitoblar ulashamiz” chellenji davom etmoqda. Chellenj doirasida talaba-yoshlarning bilimlarini rivojlantirish, ularda kitobxonlik madaniyatini shakllantirish hamda kitobga boʻlgan qiziqish va muhabbatini yanada oshirish maqsadida Namangan davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektor A.Isoqboyev institut axborot resurs markaziga Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi akademigi Asqarov Ahmadali Askarovichning “Mehnat va kurashda toblangan hayot onlarim” xotira kitobini taqdim etdi. Ushbu kitobda arxeolog akademikning mashaqqatli va sermazmun hayot yoʻli tasvirlangan. Muallif uzoq yillik umri davomida boshidan kechirgan sarguzashtlarini bayon etgan