“Barqaror rivojlanish taʼlimi uchun Okayama mukofoti”
28.04.2026 07:48:52 9
Yaponiya hukumati hamda xalqaro hamkor tashkilotlar, jumladan, YUNESKO va Birlashgan Millatlar Universiteti (Tokio) hamkorligida 2026-yil uchun “Barqaror rivojlanish taʼlimi uchun Okayama mukofoti” xalqaro tanloviga arizalar qabuli boshlanganligi e'lon qilindi.
Mazkur mukofot barqaror rivojlanish uchun taʼlim yoʻnalishida amalga oshirilayotgan ilgʻor va innovatsion loyihalarni ragʻbatlantirishga qaratilgan boʻlib, atrof-muhitni muhofaza qilish, madaniy merosni asrash, jamiyatni rivojlantirish hamda inklyuzivlik kabi yoʻnalishlarni qamrab oladi.
Tanlovda 2026-yil aprel holatiga koʻra 3 yildan buyon amalga oshirib kelinayotgan loyihalarga ega boʻlgan tashkilotlar (jismoniy shaxslar emas) ishtirok etishi mumkin. Sovrinlar soni 1-2 ta loyihani tashkil etadi hamda har biriga 3000 AQSh dollari miqdorida mukofot puli ajratiladi.
Ushbu tanlov toʻgʻrisidagi batafsil maʼlumot va ariza topshirish tartibi bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin:
https://www.city.okayama.jp/kurashi/0000070653.html.