"Navoiyga ehtirom: she'riyat, ilm va hikmat kechasi" nomli ochiq muloqot boʻlib oʻtdi
05.02.2025 09:12:17 38
5-fevral kuni Namangan davlat pedagogika institutida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan "Navoiyga ehtirom: she'riyat, ilm va hikmat kechasi" nomli ochiq muloqot boʻlib oʻtdi. Muloqotda institutning birinchi prorektori A.Isoqboyev ochib berib, Alisher Navoiy ijodining milliy va umumbashariy ahamiyati haqida soʻz yuritdi. U zotning oʻlmas asarlari oʻzbek adabiyoti va madaniyatining bebaho xazinasi ekani, yosh avlodning ma’naviy kamolotida muhim oʻrin tutishini ta’kidladi.

Tadbirda Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi Namangan viloyat boʻlimi rahbari Ziyovuddin Mansur, Oʻzbek va xorijiy tillar kafedrasi mudiri R.Tillayevalar ishtirok etishdi. Professor-oʻqituvchilar va iqtidorli talabalar buyuk shoirning g‘azallaridan namunalar oʻqib, ularning mazmun-mohiyatini sharhlashdi.
Ishtirokchilar Navoiy hayoti va ijodi shuningdek, uning asarlari bugungi kunda ham insoniyatga ma’naviy ozuqa boʻlib xizmat qilayotganini yana bir bor his etdilar. Navoiy soʻzining jozibasi hech qachon soʻnmaydi, u avlodlar qalbida mangu yashaydi!
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabalar turar joyida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati bilan “Navoiyga ehtirom, she’riyat, ilm va hikmat kechasi”nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fakultet dekani Z.Abdullayev boshchiligida dekan oʻrinbosari S.Dadaboyev va tyutor L.Xontoʻrayevalar ishtirok etishdi.
Tadbirda talabalar tomonidan A.Navoiy hayoti va ijodiga oid g‘azallar va sahna koʻrinishlari ijro etildi. Ayniqsa, “'Guli'” monologi barchada katta taassurot qoldirdi.