English English English

Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish

  28.01.2025 09:31:45    6


Namangan davlat pedagogika instituti Maktabgacha ta’lim kafedrasi kafedra mudiri M.Asranbayeva boshchiligida katta o’qituvchi N.Ismailova, F.Akramjonova Kosonsoy pedagogika texnikumi o’qituvchi va talabalari bilan “Maktabgacha ta’limda STEAM ta’lim texnologiyasini tadbiq etishning nazariy asoslari” mavzusida o’quv seminari tashkil etildi.

O’quv-seminari jarayonida “Maktabgacha ta’limda STEAM texnologiyalarini tashkil etish, mazmuni va zarurati” mavzusida N.Ismailova ma’ruzasi tinglandi, talabalar ma’ruza yuzasidan tarqatmali didaktik vositalardan foydalanib, turli topshiriqlarni bajardilar. “Ilk qadam” davlat o’quv dasturi mavzulari doirasida STEAM texnologiyasiga asoslanib turli yosh guruh bolalariga tushuntirish usullarini o’rgandilar.


Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish


Tangram, bazibord, kyuzener tayoqchalari, Voskobovich didaktik materiallari bilan ishlash texnikasi o’rgatildi. “Bolaga yo’naltirilgan ta’lim yondashuvi” asosida tashkil etilgan bolalar bog’chasi faoliyati bilan tanishildi, ta’lim-tarbiya jarayonlari o’rganildi.

M.Asranbayeva tomonidan texnikum o'quvchilarini oliy ta’limga yo'naltirish va ularda kasbiy kompetentlikni rivojlantirish, mutaxassislik fanlaridan dars berayotgan o’qituvchilarga nazariy va amaliy darslarni tashkil etishning zamonaviy usullari, metodik qo’llanmalardan unumli foydalanish, hamkorlikda sohaga doir o’quv adabiyotlar yaratish borasida atroflicha tavsiyalar berildi, kelgusidagi rejalar bo’yicha kelishib olindi.


Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish Maktabgacha ta'limda innovatsion yondashuvlar va sifatni oshirish