“Yutuqlarga erishgan yoshlar”
22.04.2026 10:00:12 5
Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti hamda Nodirabegim nomidagi Namangan viloyati axborot-kutubxona
markazining Ma’naviy –ma’rifiy ishlar bo’yicha yoshlar bilan ishlash sektori hamkorlikda “Kitobxonlik haftaligi”doirasida “Yutuqlarga erishgan yoshlar” mavzusida yoshlar bilan uchrashuv bo'lib o'tdi.
Uchrashuvni sektor mudiri Akbaraliyeva Nasiba olib bordi. Tadbirda Namangan davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti tyutorlari Tojiboyeva Mahbuba Nazirjonovna, Oltinova Iqbola Po'latjon qizi Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdilar. Mustaqillik yillarida yurtimizda davom etayotgan moddiy va ma'naviy taraqqiyot asosida tinchlikni saqlash, iqtisodiyotni rivojlantirish va xalqimiz turmush darajasini yanada yuksaltirish borasida ulkan natijalarga erishildi. Uchrashuv davomida Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 2-bosqich MTM-EU-24 guruh talabasi "Navoiy" stipendiyanti Yo'ldasheva Umida hamda Pedagogika fakulteti Maktabgacha ta'lim yo'nalishi 1-bosqich MTM-AU-25 guruh talabasi Hamidova Odinalar o‘zlarining say harakatlari bilan erishgan yutuqlari haqida so‘zlab tengdoshlari uchun o'z maslahatlarini berib o'tdilar. Ishtirokchilar yuqoridagi talabalar so‘zlaridan ilxomlanib, o‘zlariga motivatsiya oldilar.