English English English

OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI

  15.01.2025 12:47:44    3


Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyati 1-bosqich talabalarning ota-onalar bilan uchrashuv o’tkazildi.


OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI


Uchrashuvda Yoshlar masalalari ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo’yicha prorektor A.Isoqboyev, fakultet dekani S.Mutalov, dekan oʻrinbosarlari hamda guruh tyutori B.Tojahmedov ishtirok etdi.

Ochiq muloqot va tanqidiy ruhda o'tgan uchrashuvda ota-onalarga farzandlarining o'quv, ma'naviy-ma'rifiy va ilmiy jarayonlardagi ko'rsatkichlari, darsdagi ishtiroki to'g'risida ma'lumot berildi.

Shuningdek, prorektor va dekan tomonidan talabalarning "Institut odob-axloq kodeksi"ga rioya qilinishi, talabalarning yot g'oyalarga tushib qolmaslik, fanlarni o'zlashtirishini nazorat qilishda ota-onalar bilan hamkorlikni yoʻlga qoʻyish kerakligini taʼkidlab oʻtdi.

Uchrashuv so'nggida oʻzining bilimi, odobi, namunaviy xulqi bilan tengdoshlariga har jihatdan oʻrnak boʻlib kelayotgan talabalarning ota-onalari fakultet rahbariyati tomonidan tashakkurnoma bilan taqdirlandi.


OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI OTA-ONALAR UCHRASHUVI  O'TKAZILDI