"Ijtimoiy ong va ma'naviyatning uyg'unlik va ziddiyatli jihatlari" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi muhokamasi o'tkazildi.
26.11.2024 09:26:20 5
Namangan davlat pedagogika institutida "Talabalar akademiyasi oyligi" doirasida Ijtimoiy-gumanitar fanlarni o'qitish metodikasi (Ma'naviyat asoslari) mutaxassisligi magistranti Ramziddin Tursunovning "Ijtimoiy ong va ma'naviyatning uyg'unlik va ziddiyatli jihatlari" mavzusidagi magistrlik dissertatsiya ishi muhokamasi o'tkazildi.
Tadbirda, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha prorektor Murodxon Qodirxonov, Magistratura bo'limi boshlig'i Aziza Turg'unboyeva va 1-bosqichda tahsil olayotgan magistrlar ishtirok etishdi hamda ishtirokchilar uchun magistrlik dissertatsiyasi, uning shakli va yozilish tartibi, ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyat, yangi davrda zamonaviy pedagoglar uchun qo'yilgan talablar bo'yicha batafsil ma'lumotlar berib o'tildi.