English English English

Tarix, ma’rifat va taraqqiyot uyg‘onishining ramzi

  29.04.2026 07:35:18    4


Islom sivilizatsiya markazi — O‘zbekistonda
barpo etilgan eng yirik ma’naviy-ma’rifiy
va ilmiy loyihalardan biri bo‘lib, u nafaqat
mamlakatimiz, balki butun islom olami
uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ushbu
markaz xalqimizning boy tarixi, yuksak
ma’naviyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga
qo‘shgan bebaho hissasini namoyon etishga
xizmat qiladi.


Tarix, ma’rifat va taraqqiyot uyg‘onishining ramzi


Markazni barpo etish tashabbusi Shavkat Mirziyoyev
tomonidan ilgari surilgan bo‘lib, u yurtimizning ma’naviy
hayotida yangi bosqichni boshlab berdi. Bu loyiha
orqali islom dinining asl insonparvarlik, bag‘rikenglik
va ma’rifatparvarlik g‘oyalarini keng jamoatchilikka
yetkazish, yosh avlodni sog‘lom e’tiqod va yuksak axloq
ruhida tarbiyalash maqsad qilingan.
Markaz poytaxtimiz — Toshkent shahrida joylashgan
bo‘lib, u zamonaviy arxitektura yechimlari va milliy
me’morchilik an’analari uyg‘unligida qurildi. Bino tashqi
ko‘rinishida sharqona naqshlar, keng gumbaz va ulkan
hajmli majmua shakli orqali islom madaniyatining nafosati
va salobati o‘z aksini topgan.
Islom sivilizatsiya markazining asosiy vazifalaridan
biri — yurtimizdan yetishib chiqqan buyuk allomalarning
ilmiy merosini chuqur o‘rganish va targ‘ib qilishdir.
Xususan, Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Abu Mansur
Moturidiy, Al-Xorazmiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali
ibn Sino kabi dunyo ilm-fani taraqqiyotiga ulkan hissa
qo‘shgan mutafakkirlar merosi bu yerda keng tadqiq
etiladi.
Markaz tarkibi juda keng qamrovli bo‘lib, u quyidagi
asosiy bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
noyob qo‘lyozmalar saqlanadigan va o‘rganiladigan
ilmiy fond;
zamonaviy kutubxona va axborot resurs markazi;
islom tarixi va madaniyatiga bag‘ishlangan muzey;
xalqaro konferensiyalar o‘tkazishga mo‘ljallangan
zallar; Islom sivilizatsiya markazi — O‘zbekistonda
barpo etilgan eng yirik ma’naviy-ma’rifiy
va ilmiy loyihalardan biri bo‘lib, u nafaqat
mamlakatimiz, balki butun islom olami
uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ushbu
markaz xalqimizning boy tarixi, yuksak
ma’naviyati va islom sivilizatsiyasi rivojiga
qo‘shgan bebaho hissasini namoyon etishga
xizmat qiladi.
ilmiy-tadqiqot va tahlil markazlari.
Ayniqsa, qo‘lyozmalarni saqlash va raqamlashtirish
ishlariga alohida e’tibor qaratilayotgani markazning
zamonaviy ilmiy yo‘nalishlarga ham mos ravishda
rivojlanayotganini ko‘rsatadi. Bu esa jahon ilmiy
jamoatchiligi bilan hamkorlikni mustahkamlash imkonini
beradi.
Bugungi globallashuv davrida turli yot g‘oyalar
va ma’naviy tahdidlar kuchayib borayotgan bir paytda,
Islom sivilizatsiya markazi yoshlarda ma’rifiy immunitetni
shakllantirishda muhim o‘rin tutadi. U islom dinining asl
mohiyati — tinchlik, ezgulik, ilmga intilish va inson qadrini
ulug‘lashdan iborat ekanini ilmiy asosda yoritib beradi.
Shuningdek, markaz xalqaro maydonda O‘zbekiston
nufuzini oshirishga ham xizmat qiladi. Turli davlatlardan
olimlar, tadqiqotchilar va sayyohlar bu yerga tashrif
buyurib, yurtimizning boy ma’naviy merosi bilan yaqindan
tanishish imkoniga ega bo‘ladilar. Bu esa madaniyatlararo
muloqot va o‘zaro tushunishni mustahkamlaydi.
 Islom sivilizatsiya markazi — bu nafaqat me’moriy
obida, balki millatimizning ma’naviy uyg‘onishi, ilmiy
salohiyati va boy tarixiy merosining yorqin timsolidir.
U kelajak avlod