“Inson qadri” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
22.05.2026 15:11:10 11
Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi o‘qituvchilari N.Habibjonova, M.Abdusalomov hamda Ijtimoiy ish yo‘nalishi tyutori S.Ubaydullayev boshchiligida “Inson qadri” nomli ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar faol ishtirok etdilar. Unda ayniqsa, Ijtimoiy ish yo‘nalishining 1–2-bosqich talabalari o‘qishdagi faolligi, jamoat ishlaridagi tashabbuskorligi va erishgan yutuqlari uchun faxriy yorliqlar hamda tashakkurnomalar bilan taqdirlandilar.