Iqtidorli talabalarimiz natija ko'rsatishda davom etmoqda
28.03.2025 17:21:36 29
Avval xabar berganimizdek “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika tanlovining tuman bosqichlari bo‘lib o‘tmoqda. Bugun mazkur tanlovning Paxtaobod tumani (Andijon viloyati) bosqichi o‘tkazildi.

Ushbu bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich bilan quyidagi talabamiz g‘oliblikni qo‘lga kiritib 1 million 850 ming so‘m pul mukofotiga ham ega bo‘ldi.
Solijonova Marhabo - Aniq va tabiiy fanlar fakulteti talabasi
E'tiborlisi shundaki, tanlovning Yangiqo'rg'on, Chortoq, Norin, Uychi hamda Farg'ona viloyati tuman bosqichi, Pop, Namangan, Chust, Kosonsoy, Bag'dod tumani bosqichlarida ham 14 nafar talabamiz g'oliblikni qo'lga kiritgan edi. Umumiy hisobda keyingi bosqichga chiqqan talabalarimiz soni 15 nafarni tashkil etib, jami 27 million 750 000 ming so‘m pul mukofotini jamg‘arishdi.
Ma'lumot uchun 29-mart kuni Namangan shahar bosqichi bo‘lib o‘tadi.