Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi
14.02.2025 08:53:25 39
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutori T.Ismanov boshchiligida "Shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur" mavzusidagi ma'naviy-ma'rifiy kecha tashkil etildi.

Buyuk mutafakkir davlat arbobi va mohir sarkarda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan o'tkazilgan tadbirda Ijtimoiy fanlar fakulteti Yoshlar masalalari va ma'naviy-ma'rifiy ishlar boʻyicha dekan o'rinbosari B.Kenjayev, fakultet tyutorlari, professor-o'qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.
Ma'rifiy kechada, buyuk mutafakkir hayoti va faoliyatiga bag'ishlangan gʻazal va ruboiylar koʻtarinki ruhdagi raqs va goʻzal qoʻshiq mahorat bilan ijro etildi.
Oʻtkazilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbir barchaga manzur boʻldi.