NamDPI vakillari xalqaro forumda ishtirok etdi
07.02.2026 21:12:51 18
Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universitetida “Ko‘p madaniyatli va xalqaro hamkorlik forumi: Global va ko‘p madaniyatli jamiyatda Koreya–O‘zbekiston ta’lim tashkilotlari o‘rtasida hamkorlikni kuchaytirish” mavzusida xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Mazkur forumda Namangan davlat pedagogika instituti nomidan Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S.Mutalov, Filologiya kafedrasi mudiri R.Tillayeva hamda Xorijiy tillar kafedrasi mudiri Z.Dadabayev ishtirok etdi.
Tadbirda Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Koreyaning yetakchi ta’lim muassasalari — Cheongju ta’lim universiteti, Koreya ta’lim markazi, Toshkent Buchon universiteti va “Visang Education” kompaniyasi vakillari qatnashib, pedagog kadrlar tayyorlash va koreys tili ta’limini rivojlantirish masalalarini muhokama qildilar.