English English English

Konferensiya

  10.04.2025 15:02:17    16





Namangan davlat pedagogika instituti tomonidan talaba-yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, yangi avlod kadrlarini shakllantirishning dolzarb masalalarini ilmiy-nazariy, ilmiy-amaliy jihatdan o‘rganish, qiyosiy va tanqidiy tahlil qilish, global davrda ma’naviy-ma’rifiy va tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish maqsadida 2025-yil 22-aprel kuni “Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: tahlillar, takliflar, tavsiyalar” mavzusida, quyidagi yo‘nalishlarda ilmiy-amaliy anjuman o‘tkaziladi:

 

 

1⃣ - yo'nalish. Yoshlarning ijtimoiy faolligini oshirishda liderlik ko‘nikmalarining o‘rni va ahamiyati;
2⃣ - yo'nalish. Yoshlarni mehnat bozoriga tayyorlash hamda kadrlarning kasbiy mahorati va ko‘nikmalarini oshirishning dolzarb muammolari;
3⃣ - yo'nalish. Global makonda talabalarning ma’naviy, ma’rifiy va axloqiy dunyoqarashi: ijtimoiy moslashuvi va ma’naviy tarbiyasi;
4⃣ - yo'nalish. Pedagogika va ta’lim olishning zamonaviy usullari - yoshlarni yetakchilik va tadbirkorlikka yo‘naltirishning ta’limiy jihatlari.

 

💬 Anjuman tili: o‘zbek, rus, ingliz tillari.

 

✅ Maqola va tezislar quyidagi telegram manzillari orqali qabul qilinadi:

@azizbek_ziyo
@Tursunov_Ramziddin
@Murodjon_Nabijonov

 

📆 Maqola va tezis topshirishning oxirgi muddati: 2025-yil 21-aprel

 

👤 Murojaat uchun tel: +998999888431 +998901518999

 

Barcha ishtirokchilarga anjuman materiallar to‘plami hamda sertifikatlar taqdim etiladi.