English English English

Namangan davlat pedagogika instituti rektori Bahodir Xusanovning Ramazon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI

  30.03.2025 16:45:49    31


Aziz yurtdoshlar, professor-oʻqituvchilar, jonkuyar xodimlar hamda talabalar

Sizlarni ulug' va muborak ayyom — Ramazon hayiti munosabati bilan samimiy muborakbod etaman!


Namangan davlat pedagogika instituti rektori  Bahodir Xusanovning Ramazon hayiti munosabati bilan BAYRAM TABRIGI


Mehr-oqibat, insonparvarlik singari azaliy an’ana va qadriyatlarimizni asrab-avaylash, xalqimizning ezgu niyat va orzu-intilishlarini qo’llab-quvvatlash mohiyatini mujassam qilgan bayram barchamizga muborak bo’lsin!
Prezidentimiz taʼbiri bilan aytganda, bu muborak oyning "Ramazon — saxovat, birdamlik va bagʻrikenglik" oyi degan gʻoyasi asosida oʻtkazilgani jamiyatimizda tinchlik, doʻstlik, mehr-oqibat va saxovat muhitini yanada mustahkamlashga xizmat qildi.
Niyati pok, maqsadlari ulug‘ xalqimizning ushbu saodatli onlarda qilayotgan toat-ibodatlari va duolari ijobat bo‘lsin!
Ramazoni sharif har bir xonadonga, jonajon yurtimizga qut-baraka, sog'lik-salomatlik, oilaviy baxt, tinchlik-xotirjamlik olib kelsin.
Bu muborak kunlar sizga yangi g‘oyalar, muvaffaqiyatlar va yutuqlar olib kelsin. Yurtimiz uchun qilayotgan mehnatingiz har doim qadrlanadi.

Aziz xalqimizni yuksak insonparvarlik va fidoyilik fazilatlari tark etmasin! Vatanimiz tinchligi, xalq farovonligi, jamiyatimiz osoyishtaligi yoʻlidagi ezgu ishlarimiz bardavom boʻlsin.