Ish beruvchi tashkilotlarda o'tkazilgan so'rovnoma.
16.04.2026 13:03:54 36
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirish maqsadida manfaatdor tomonlar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi.
Namangan davlat pedagogika institutida ta’lim sifatini oshirish, bitiruvchilarning kasbiy tayyorgarligini mehnat bozori talablariga muvofiqlashtirish maqsadida manfaatdor tomonlar ishtirokida so‘rovnoma o‘tkazildi. Mazkur so‘rovnoma ish beruvchi tashkilotlar vakillarining fikr-mulohazalarini o‘rganish, bitiruvchilarning bilim va ko‘nikmalarini baholash hamda ta’lim dasturlarini takomillashtirishga qaratildi.
Manfaatdor tomonlar mutaxassislar tayyorlash jarayonini yanada takomillashtirish maqsadida quyidagi asosiy yo‘nalishlarda takliflarni ilgari surganlar:
- talabalar uchun amaliy mashg‘ulotlar hajmini oshirish, amaliyot o‘tash muddatini ko‘paytirish hamda nazariy bilimlarni amaliyot bilan uyg‘un holda olib borish;
- talabalarning kasbiy faoliyatga tayyorligini oshirish uchun real ish jarayonlariga yaqinlashtirilgan mashg‘ulotlarni tashkil etish;
- oliygohda laboratoriya jihozlari soni va xilma-xilligini oshirish, zamonaviy kompyuter xonalari tashkil etish va ta’lim jarayonida foydalaniladigan texnik vositalarni zamon talablari asosida bo’lishini ta’minlash;
-talabalarning raqamli texnologiyalar va AKTbilan bog‘liq kompetensiyalarini rivojlantirish, jumladan sun’iy intellektdan to‘g‘ri foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish;
pedagogik va metodik ko’nikmalarni yanada rivojlantirish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini oshirish;
Bundan tashqari, seminar va amaliy mashg‘ulotlar sonini ko‘paytirish, talabalar bilan individual ishlashni kuchaytirish hamda ularning mustaqil ta’lim olish ko‘nikmalarini rivojlantirish tavsiya etildi.