"Ma'rifatli ayol — jamiyat tarbiyachisi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi
06.03.2025 16:55:29 32
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti tyutorlari hamda "Nodirabegim" kutubxonasi hamkorligida "Ma'rifatli ayol — jamiyat tarbiyachisi" mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Davra suhbatida hozirda jamiyatda o‘z o‘rnini topgan namunali ayol — kutubxona rahbari Mavludaxon Juraboyeva oʻzining ish faoliyati, hayot yoʻli, bugungi kunda ayollarimizga berilayotgan eʼtibor va eʼtiroflar haqida iliq fikrlar bildirildi.
Shuningdek, suhbat davomida ma'rifatli ayolni shakllantirishda oiladagi tarbiya, jamiyatdagi rol, ilm va ta'limni taraqqiy ettirish, oilani mustahkamlash kabi omillar haqida uzoq yillik tajribalarga asoslangan maslahat va ma'lumotlar berildi.
Suhbat soʻnggida talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga kutubxona rahbari tomonidan atroflicha javob olishdi.