Konstitutsiya — inson huquqlari va erkinliklari kafolati
07.12.2025 08:13:32 1
Ijtimoiy fanlar fakulteti Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi Milliy gʻoya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yoʻnalishi 3-kurs talabalari tomonidan “Huquqiy tarbiya va huquqiy madaniyat” fanidan mustaqil ta’lim ijrosi doirasida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan targʻibot tadbiri tashkil etildi.
Tadbir fan oʻqituvchisi, dotsent A. Abdullayev boshchiligida hamda kafedraning professor-oʻqituvchilari ishtirokida boʻlib oʻtdi. Unda talabalar va ustozlar faol qatnashdi.
Tadbir davomida “Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari va erkinliklari kafolati” mavzusida mazmunli chiqishlar, huquqiy tushuntirishlar hamda ochiq muloqot tashkil etildi.