Polvonlari o‘zbekiston chempionatida mutloq ustunlikni namoyon etdi
06.04.2026 16:14:30 8
Nukus shahrida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi. Mazkur nufuzli musobaqada Namangan davlat pedagogika instituti sportchilari yuksak mahorat, matonat va haqiqiy chempionlik ruhini namoyon etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi.
Jumladan:
62 kg vazn toifasida Mamataliyev Asadbek G‘olibjon o‘g‘li (JSM-AU-23) — 1-o‘rin;
68 kg vazn toifasida Ismonaliyev Kamronmirzo Jahongir o‘g‘li (JSM-SU-23) — 1-o‘rin;
62 kg vazn toifasida erkin yo‘nalish bo‘yicha Ne'matullayev Jamoliddin G‘aybullo o‘g‘li (JSM-SU-23) — 1-o‘rinni egallab, Jahon chempionatiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Sportchilarimizning ushbu yuksak natijalarida ularning murabbiysi Hamidullo Jo‘raxonovning munosib hissasi borligini alohida ta’kidlash joiz.