“Navoiy devonin ko'ksimga bosib, Bobur siymosiga qilurman ta‘zim” deb nomlangan ma'rifiy tadbir o’tkazildi.
07.02.2025 19:49:11 81
Namangan davlat pedagogika instituti Ijtimoiy fanlar fakulteti O’zbek tili va xorijiy tillar kafedra mudiri R.Tillayeva va fakultet tyutori S. Qodirova tomonidan Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan “Navoiy devonin ko'ksimga bosib, Bobur siymosiga qilurman ta‘zim” deb nomlangan ma'rifiy tadbir o’tkazildi.

Tadbirda Ijtimoiy fanlar fakulteti dekani S. Mutalov, Yoshlar masalalari, ma’naviyat va ma’rifat bo’lim boshligi M. Nabijonov, kafedra mudirlari, tyutorlar va talaba yoshlar ishtirok etishdi.
Talabalar tomonidan A.Navoiy va Z.M.Bobur obrazlari qoyilmaqom qilib ijro etildi. Ularning ijod namunalari — g’azal va ruboiylari oʻqildi.
Talabalar tomonidan tayyorlangan kuy-qoʻshiqlar, sahna koʻrinishlari ishtirokchilarda iliq taassurot qoldirdi.
Tadbir so’nggida faol talabalarga esdalik sovg’alari topshirildi.