"Halima Xudoyberdiyeva ijodi-Ma`naviyat va jasorat timsoli"
21.05.2026 08:46:04 25
Namangan davlat pedagogika institutida o‘zbek adabiyotining betakror vakillaridan biri, xalqimizning suyukli shoirasi Halima Xudoyberdiyeva tavallud kuni munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda Xorijiy tillar kafedrasi o‘qituvchilari M.Raximjonova, G.Dexkonova, bosh kutubxonachi Z.Shamsiddinova hamda Xorijiy til yo‘nalishi talabalari faol ishtirok etdilar.
Mazkur tadbirdan ko‘zlangan asosiy maqsad yosh avlod qalbida milliy adabiyotimizga mehr va ehtirom tuyg‘usini kuchaytirish, shoira ijodining mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish hamda talabalarning badiiy-estetik dunyoqarashini boyitishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida Halima Xudoyberdiyevaning hayoti, ijodiy yo‘li hamda o‘zbek adabiyotidagi munosib o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Talabalar tomonidan shoira qalamiga mansub she’rlar ifodali o‘qildi, sahna ko‘rinishlari va badiiy chiqishlar namoyish etildi.
Ayniqsa, Vatanga muhabbat, ona siymosi, ayol qalbi, mehr-oqibat va insoniy qadriyatlarni tarannum etuvchi she’rlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.