"Men xonadonimda koʻchat ekdim" chellenjiga start berildi.
03.03.2025 17:05:15 57
Namangan davlat pedagogika institutida "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida "Men xonadonimda koʻchat ekdim" chellenjiga start berildi.

Ushbu chellenjni Falsafiy va tarixiy fanlar kafedrasi dotsenti O.Topildiyev hamda B.Ibrohimov davom ettirib, oʻz yashash xonadoniga mevali daraxtlar ekishdi.
Tabiatni asrab-avaylash, uning goʻzalligiga hissamizni qoʻshish barchamizning burchimiz va vazifamizdir.
Hurmatli professor-oʼqituvchilar, xodimlar "Yashil makon" umummilliy loyihasida Siz ham faol ishtirok eting!