Giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz!
30.01.2025 12:44:16 33
30-yanvar kuni Namangan davlat pedagogika institutida “Qalqon” jamoatchilik guruhi vakillari ishtirokida “Giyohvandlik va psixotrop moddalarining noqonuniy muomalasiga qarshi birgalikda kurashamiz!” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.

Suhbatda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev ishtirok etib, giyohvandlik moddalarining inson salomatligidagi zarari, yosh avlod kelajagiga taʼsiri haqida soʻz olib, institut talabalari ushbu moddalar taʼsiriga tushib qolmasligi va borada “Qalqon” jamoatchilik vakillari xushyorlikni oshirishi kerakligi haqida tushuntirib oʻtdi.