English English English

Yoshlar tashabbuslari – milliy taraqqiyot poydevori

  25.02.2026 08:48:36    29


Shavkat Mirziyoyevning 24-fevral kuni yoshlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvida ilgari surilgan tashabbuslar mamlakatimizda yoshlar siyosati yangi bosqichga ko‘tarilayotganini yaqqol namoyon etdi. Mazkur tashabbuslar nafaqat yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, balki ularning ta’lim olishi, kasb egallashi, ilmiy salohiyatini rivojlantirish hamda ijtimoiy himoyasini mustahkamlashga qaratilgani bilan alohida ahamiyatga ega.


Yoshlar tashabbuslari – milliy taraqqiyot poydevori


Shuni alohida ta’kidlash joizki, ushbu qaror va dasturlar oliy ta’lim tizimi, xususan magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlar uchun keng imkoniyatlar eshigini ochadi. “Mening birinchi kasbim” dasturi orqali bitiruvchilarga stajirovka davrida stipendiya to‘lanishi, “Yangi avlod tadbirkorlari” dasturida nufuzli xorijiy oliygohlar bilan hamkorlikda ta’lim berilishi ilmiy va amaliy bilim uyg‘unligini ta’minlashga xizmat qiladi.
Ayniqsa, innovatsion startap loyihalarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash, texnikumlarda startaplar yaratishga ruxsat berilishi, “O‘sish va rivojlanish” hamda “Kelajak tadbirkori” dasturlari doirasida imtiyozli kredit va investitsiyalar ajratilishi magistrantlarning ilmiy g‘oyalarini tijoratlashtirishga rag‘batlantiradi. Bu esa ilmiy tadqiqot natijalarini amaliyotga joriy etish, universitet va ishlab chiqarish integratsiyasini kuchaytirishga xizmat qiladi.
Shuningdek, volontyorlikni qo‘llab-quvvatlash, kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yosh oilalarni ipoteka orqali qo‘llab-quvvatlash kabi tashabbuslar yoshlarning ma’naviy va ijtimoiy barqarorligini ta’minlaydi. Bu esa o‘z navbatida magistratura bosqichida tahsil olayotgan yoshlarning ilmiy faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Davlat rahbari tomonidan ilgari surilgan mana shunday shunday muhim tashabbuslar yoshlarning intellektual salohiyatini yuksaltirish, ularni zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bilan qurollantirish hamda faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishga qaratilgan bo‘lib, magistratura tizimi oldiga ham yangi vazifalar va mas’uliyat yuklaydi.

MUQADDAS TO'RABOYEVA,

Namangan davlat pedagogika instituti Magistratura boʻlimi boshligʻi