English English English

9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar.

  07.05.2026 08:35:48    6



9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar.


Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari Z.Dadabayev, D.Abdullayev, Y.Kasimova, M.Saydaliyeva hamda Z.Mamajanovalar 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan ko‘p yillar davomida ta’lim sohasida samarali faoliyat olib borgan, Namangan davlat universiteti professori, pedagogika fanlari nomzodi, faxriy pedagog -  Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar.

Saydaliyev Saidumar ustoz uzoq yillar davomida Namangan davlat universitetida fidokorona mehnat qilib, ko‘plab shogirdlar yetishtirgan, ilm-fan va ta’lim rivojiga munosib hissa qo‘shgan zahmatkash ustozlardan biridir.

Tashrif davomida ustozning ko‘p yillik xizmatlari alohida e’tirof etilib, unga yuksak hurmat va ehtirom ko‘rsatildi. Samimiy suhbat jarayonida Saidumar ustozning boy pedagogik tajribasi, ustoz-shogird an’analarini rivojlantirishdagi o‘rni alohida ta’kidlandi.


9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar. 9-may — Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Saydaliyev Saidumar ustozning xonadoniga tashrif buyurdilar.