"Mushoira" klubi tashkil etilmoqda!
17.01.2025 10:56:21 3
Namangan davlat pedagogika institutida ijodkor talabalar uchun "Mushoira" klubi tashkil etilmoqda! Klub quyidagi maqsadlarni o'z ichiga oladi:
Talabalarning egallagan bilim va malakalarini yuksaltirish, ijtimoiy jarayonlarga munosabatini oshirish;
Ijod olamiga yangicha nafas bilan kirib kelayotgan yosh iste'dod egalarini kashf etish va qo'llab-quvvatlash;
Yosh ijodkorlarga o'z bilim va tajribalarini oshirish bo'yicha keng imkoniyatlar yaratish;
Talaba-yoshlar tomonidan yaratilgan eng sara ijod namunalarini keng jamoatchilikka doimiy yetkazib borish va har yilda to'plam ko'rinishida chop etish.
A'zo bo'lish istagidagi talabalar @NamDI8 yoki @Murodjon_Nabijonov telegram profillariga murojaat qilishlari mumkin! https://t.me/Mushoira_kitobxonlik_klubi Barcha ijodkor talabalarni mazkur klubga a'zolikka taklif etamiz!