English English English

Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi

  15.12.2025 09:11:16    45


2025-yil 15–17-dekabr kunlari Toshkent shahrida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2025-yil 22-yanvar kuni oliy ta’lim va ilm-fan sohasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotda berilgan 5-sonli topshiriqlar ijrosi yuzasidan ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda 24 soatlik malaka oshirish o‘quv kursi bo‘lib o‘tmoqda.


Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi


Mazkur o‘quv kursining asosiy maqsadi oliy ta’lim muassasalarida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, yoshlar ongida milliy va umuminsoniy qadriyatlarni mustahkamlash, shuningdek, ta’lim-tarbiya jarayonida zamonaviy yondashuvlarni keng joriy etishdan iborat bo‘lmoqda.

Ushbu malaka oshirish kursida respublikaning turli hududlaridan kelgan oliy ta’lim muassasalari rahbar va mas’ul xodimlari bilan bir qatorda Namangan davlat pedagogika instituti birinchi prorektori A. Isoqboyev ham faol ishtirok etdi. Kurs davomida dolzarb mavzular yuzasidan ma’ruzalar tinglandi, amaliy mashg‘ulotlar va tajriba almashuvlari tashkil etilmoqda.

Mazkur o‘quv kursi oliy ta’lim tizimida ma’naviy-ma’rifiy faoliyatni yanada takomillashtirish, belgilangan ustuvor vazifalarning samarali ijrosini ta’minlashga xizmat qilishi bilan ahamiyatlidir.


Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi Ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda malaka oshirish o‘quv kursi tashkil etildi