"Yoshlar kuni" doirasida manfaatli uchrashuv!
22.04.2026 09:48:35 6
Ijtimoiy himoya milliy agentligi Namangan viloyati boshqarma boshlig'i I. Xodjiyev ishtirokida uchrashuv tashkiil etildi. Uchrashuvni Yoshlar bilan ishlash va ma'naviy-ma'rifiy ishlar bo'yicha birinchi prorektor A.Isoqboyev opchib berdi hamda ushbu soha bo'yicha o'z fikrlarini bildirib o'tdi.
Shuningdek, I. Xodjiyev ham so‘zga chiqib, ijtimoiy himoya tizimida olib borilayotgan islohotlar, aholining ehtiyojmand qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ayniqsa, yoshlar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berdi.
Uchrashuv davomida Ijtimoiy ish yo‘nalishi talabalari bilan ochiq va samimiy muloqot tashkil etildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, soha mutaxassislaridan atroflicha javoblar oldilar. Bu esa yoshlarning kelgusida o‘z kasbiga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirishga xizmat qildi.
Tadbir yakunida ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati, yoshlarning bu jarayondagi o‘rni hamda ularni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan chora-tadbirlar alohida ta’kidlab o‘tildi.