“Parij-2024” XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija qayd etgan Tolibboy Yoʻldoshev bilan uchrashuv
13.01.2025 08:30:11 3
Namangan davlat pedagogika institutida “Parij-2024” XVII yozgi Paralimpiya o‘yinlari tarixida eng yaxshi natija qayd etgan, Namanganning zabardast farzandi sportchi Tolibboy Yoʻldoshev bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda institut birinchi prorektori A.Isoqboyev Tolibboyning ushbu yutugʻi Namangan xalqining, balki butun respublikaning yutugʻi ekanini aytib, bu yutugʻdan barcha gʻurur va iftixor tuyishini taʼkidlab oʻtdi.
Sportchimiz ham Parijda o‘tgan yozgi Paralimpiya o‘yinlaridagi taassurotlar hamda davlatimiz rahbari qabulida bo‘lgan hayajonli daqiqalar haqida so‘zlab berdi.
Samimiy kechgan muloqotda talabalar o'zlarining qiziqtirgan savollariga chempiondan batafsil javoblar olishdi.
Uchrashuv yakunida sportchimizga institut rektorining maxsus tashakkurnomasi hamda esdalik sovg'alari topshirildi.