English English English

Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

  03.12.2025 10:03:23    11


Namangan davlat pedagogika institutida 2025/2026-o‘quv yilidagi 4-sonli Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rahbariyati, fakultet dekanlari, kafedra mudirlari hamda mas’ul xodimlar ishtirok etdilar.


Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi


Yig‘ilishni institut Kengash raisi, rektor B.E.Xusanov olib bordi. Kengash kun tartibiga kiritilgan bir qator dolzarb masalalar muhokama qilindi.

Kun tartibidan o‘rin olgan masalalar qatorida:
• UNESCO Bosh konferensiyasining 43-sessiyasida ilgari surilgan “Sun’iy intellekt va iqlim inqirozlari davrida yoshlar ta’limi” bo‘yicha vazifalarni institut faoliyatiga tatbiq etish masalalari;
• Vakant lavozimlarga tanlov o‘tkazish;
• O‘xshash ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha asosiy va qo‘shimcha mutaxassislik berish tizimini yo‘lga qo‘yish;
• Ta’lim jarayonlari va institut faoliyatini raqamlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar va keyingi bosqich rejalar;
• Talabalar muammolari, ularning yoshlar faolligi va ijtimoiy hayotdagi ishtirokini kuchaytirish yuzasidan ko‘rilayotgan choralar;
• Ayol professor-o‘qituvchilar va talaba qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar;
• Ijro intizomi va fuqarolar murojaatlari bilan ishlash holati.

Shuningdek, Kengashda ilmiy unvonlarga tavsiyalar, yangi avlod o‘quv adabiyotlarini tasdiqlash hamda ta’lim jarayonini takomillashtirishga qaratilgan boshqa masalalar ham ko‘rib chiqildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan topshiriqlar institutda ta’lim-tarbiya jarayonining samaradorligini oshirish, innovatsion yondashuvlarni joriy etish, professor-o‘qituvchilar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda talaba-yoshlarning faolligini kuchaytirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Mazkur Kengash qarorlari Namangan davlat pedagogika instituti faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.


Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi Namangan davlat pedagogika institutida navbatdagi Kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi