"Marganes va uning birikmalari. Olinishi va xossalari" mavzusi boʻyicha laboratoriya mashgʻulotini tashkil qildi.
26.03.2026 17:04:34 16
Aniq va tabiiy fanlar fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Jurayev Muxamadjon Uktamjon o‘g‘li Kimyo yoʻnalishi KIM-BU-25 guruhida Noorganik kimyo fanidan "Marganes va uning birikmalari. Olinishi va xossalari" mavzusi boʻyicha laboratoriya mashgʻulotini tashkil qildi.
Mazkur laboratoriya davomida talabalar Marganes va uning birikmalari, laboratoriyada olinishi va xossalari bo‘yicha nazariy bilimlarini amaliy jihatdan chuqur oʻrganishdi. Dars jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalar, interfaol metodlar va innovatsion yondashuvlar qoʻllanilib, talabalar faol ishtirok etishga undaldi.
Mashgʻulot davomida kichik guruhlarda mavzu yuzasidan qiziqarli tajribalar orqali mavzu yanada qiziqarli va tushunarli tarzda yoritildi. Talabalar ushbu mavzu bo‘yicha oʻz fikrlarini erkin bayon qilish, tahlil qilish va xulosa chiqarish koʻnikmalarini namoyon etdilar.